Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Kemeron bilan bo‘lgan suhbatni rad etdi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Kemeron bilan bo‘lgan suhbatni rad etdi

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirli Murat Nurtleuning Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan Rossiya borasida gaplashmaganini ma’lum qildi. Qozog‘iston diplomatik departamenti Kemeronning so‘zlarini dezinformasiya deb atadi.

“Kemeron bilan bunday suhbat bo‘lmagan. Dezinformasiya uchun to‘liq javobgarlik Britaniya vaziri zimmasiga tushadi”, dedi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi vakili Aybek Smadiyarov.

Avvalroq, Putin Qozog‘iston shimolining bir qismini egallab olmoqchi, deya bayonot bergandi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Kemeron.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Abugaliyevich Nurtleu unga Ostonadagi uchrashuvda “ukrainaliklar Qozog‘iston uchun o‘lmoqda. Ular Rossiyani ushlab turish uchun o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yishyapti. Va bu ularning foydasiga” deb aytgan.

Kiritildi: 22:30 26.06.2024. O'qildi: 1557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!