Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘iston shaxsiy avtomobil markasini ishlab chiqmoqchi

A A A
Qozog‘iston shaxsiy avtomobil markasini ishlab chiqmoqchi

Qozog‘iston Avtomobil biznesi Assosiasiyasi mamlakatning shaxsiy avtomobil markasini yaratish ustida ishlamoqda, deb xabar berdi Kazinform .

Ayni paytda mazkur savolni har tomonlama muhokama qilyapmiz. Masalan, Xitoyning Jac kompaniyasi qozoq brendini yaratishga qiziqish bildirdi, hatto moliyalashtirish masalalari ham hal etilgan. Bu huddi O‘zbekistonning Uz-Daewoo yoki Rossiyaning Lada markasi kabi maxsus marka bo‘ladi , - deb iqtibos keltirgan agentlik tashkilot rahbari Andrey Lavrentyevdan.

Lavrentyevning qayd etishicha, ushbu yo‘nalishdagi ishlarning tugash muddatini aniq aytishning imkoni yo‘q, hozircha qozoq avtomarkasiga maxsus nom ham tanlanmagan.

Ammo ko‘rsatma bor. Hukumat ham vazifani aniq belgilab berdi. Asosiysi, investorlar mazkur loyiha bilan qiziqishmoqda. Balki, yaqin vaqt ichida qozog‘istonliklarni yaxshi yangilik bilan xursand qilishimiz mumkin , - deb qo‘shimcha qilgan assosiasiya rahbari.

Sputnik

Kiritildi: 12:31 17.01.2019. O'qildi: 1705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!