Jumladan, Olmaota hokimligi ham ushbu tadbirning o‘tkazilishiga rozi bo‘lmagan. Rusiyzabon aholining katta qismi yashaydigan Pavlodar va Petropavlovskda rasmiylar tadbirni internetga ko‘chirish hamda frontdagi askarlarning suratlarini maxsus LED-ekranlarga joylashtirishni taklif qilgan.
Taqiqni chetlab o‘tishga qaratilgan har qanday urinish ruxsat etilmagan miting sifatida baholanadi va jarima yoki hibsga olinishga sabab bo‘lishi bildirilldi.
Buning fonida Olmaotada namoyishlar o‘tkazmoqchi bo‘lgan odamlar SSSR bayrog‘i bilan mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga murojaat yo‘lladi. Ular hokimlik amaldorlarini “antisovetlar” deb atab, ular ruxsat bermasa ham aksiya o‘tkazilishidan ogohlantirmoqda. Shu bilan birga Petropavlovskda o‘zlarini “volontyorlar” deb atayotgan odamlar paydo bo‘lgan, ular qozoqlarni Rossiya rubli evaziga namoyishlarda ishtirok etishga yollamoqda.
Qozog‘iston shaharlarida “O‘lmas polk” oxirgi marta 2019 yilda o‘tkazilgan edi. Keyin koronavirus pandemiyasi sabab ikki yil tashkil etilmadi. 2022 yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, aksiya o‘rnini milliy ramzlarga ega “Qahramonlarga ta’zim” nomli tadbirlar egalladi.