Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘iston-Rossiya chegarasi yaqinida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Qozog‘iston-Rossiya chegarasi yaqinida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Qozog‘iston va Rossiya chegarasi yaqinida Olmaota-Ekaterinburg trassasida avtobus va yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH natijasida olti kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohatlandi. Bu haqda Qo‘stanay viloyati IIB xabar berdi.

Baxtsiz hodisa 20 may kuni ertalab nazorat-o‘tkazish punktidan ikki kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Avtobusda 10 nafar xorij fuqarosi bo‘lgan.

Huquqni muhofaza qilish organlari hodisa yuzasidan ikki yoki undan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalarini boshqarish qoidalarini buzish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Hozirda voqea joyida tergov guruhi ishlamoqda.

Kiritildi: 18:34 20.05.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!