Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Yegemen Kazaxstan va Aykin nashrlariga bergan intervyusida qozoq tilidan lotin tiliga o‘tish kerakligini ta’kidladi. Bu haqda Sputnik.kz xabar berdi.
Alifbo tanlash shunchaki yozuv shaklini tanlash emas. Bugun Qozog‘iston rivojlanishdan ortda qolmasligi kerak. Qo‘shni davlatlar lotin alifbosiga o‘tib bo‘lishdi, axborotlarning 90 foizi lotin alifbosida yozilmoqda. Qozoq tilidan lotin tiliga o‘tish rivojlanishning muhim omillaridan biri, dedi Tokayev.
Ta’kidlash kerakki, Qozog‘istondagi bir nechta tashkilot va kompaniyalar allaqachon o‘z faoliyatlarini lotin tilida olib borishmoqda. Xususan, Tokayev intervyu bergan Yegemen Kazaxstan nashri ham.