Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev 19 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Eronga bordi. Bu haqda “IRNA” agentligi xabar bermoqda.
Tashrif dasturiga ko‘ra, Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan yakkama-yakka uchrashuv, delegasiyalarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasi o‘tkazilishi rejalangan.
Shuningdek, hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.
Bu Qozog‘iston yetakchisining 2019 yil Prezident etib saylangandan keyingi Eronga ilk tashrifi.