Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston poytaxti ko‘chiriladimi?

A A A
Qozog‘iston poytaxti ko‘chiriladimi?

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultondan Qo‘stanay shahriga ko‘chirilishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumot noto‘g‘ri. Bu haqda noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi kurashish maqsadida yaratilgan stopfake.kz portali ma’lum qildi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda Qosim-Jo‘mart To‘qayev poytaxt Qo‘stanayga ko‘chirilishini aytgani to‘g‘risida ma’lumot tarqatilmoqda. Bu noto‘g‘ri", - deyiladi xabarda.

1997 yilda mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxtni Olmaotadan Oqmola shahriga ko‘chirgandi.

1998 yilda shahar nomi Ostona deb o‘zgartirilgan. 2019 yil 23 martda To‘qayev Ostona shahri nomini Nazarboyev sharafiga Nur-Sulton deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.

Kiritildi: 22:59 08.02.2022. O'qildi: 8492 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!