Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘iston: Ma’murjon domla ozodlikka chiqdi

A A A
Qozog‘iston: Ma’murjon domla ozodlikka chiqdi

Imom-noib sifatida qilgan ma’ruzalar va darslari bilan o‘zbekzabon internetda mashhur bo‘lgan Qozog‘istonning Sayram tumanidan Ma’murjon Xaytmetov ozodlikka chiqdi. 

12 avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayram tumani sudi Ma’murjon Xaytmetovga ikki yil shartli qamoq jazosi belgiladi. Onlayn ravishda bo‘lgan mahkama jarayoni yakunlangach, ulamo ozod bo‘lib yaqinlari bilan uyiga ketgan. 

Ma’murjon Xaytmetov o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni qisman tan olgan. 

Xaytmetov 17 iyun kuni Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) tomonidan hibsga olingandi.
 
Bi-bi-si manbasining aytishicha, Xaytmetovga bundan 6 yil oldin nasroniylar dini haqida qilgan ma’ruzasi bo‘yicha, «diniy adovat qo‘zg‘ash» aybi qo‘yilgan.

Kiritildi: 08:41 13.08.2020. O'qildi: 8312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!