Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Qozog‘iston janubiy viloyatlari joriy yil gidrologik qurg‘oqchilikni boshidan o‘tkazishi mumkin

A A A
Qozog‘iston janubiy viloyatlari joriy yil gidrologik qurg‘oqchilikni boshidan o‘tkazishi mumkin

O‘zbekiston va Qirg‘izistonda qurg‘oqchilik tufayli Qozog‘iston ham bu yil bahorda ana shu muammoga duchor bo‘lmoqda.

Bu haqda Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigasiya vaziri o‘rinbosari Arsen Jakanbayev ma’lum qildi.

Uning tushuntirishicha, muammo qo‘shni mamlakatlarning suv resurslariga ta’sir ko‘rsatgan qurg‘oqchilik bilan bog‘liq.

“Qirg‘izistonning Toktogul suv omboridagi suv hajmi o‘tgan yilga nisbatan 300 million kub metrga, Chirchiq havzasidagi suv hajmi esa o‘tgan yilga nisbatan 100 million kub metrga kamaygan. Shuning uchun kiruvchi suv miqdori kam. Suv tanqisligi tufayli bu yil muammolar paydo bo‘lishi mumkin”, deya aniqlik kiritdi Arsen Jakanbayev Qozog‘iston Majlisi agrar masalalar bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida.

Unga ko‘ra, respublikaning Turkiston va Qizilo‘rda viloyatlari xavf ostida. Mahalliy hokimiyat organlariga allaqachon sholi ekishni qisqartirish tavsiya etilgan – bu hosil eng ko‘p suv talab qiladi, deb xabar beradi report.az.

Kiritildi: 21:36 17.03.2024. O'qildi: 1424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!