Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘iston hukumati noqonuniy aktivlarni qaytarishga doir qonun yuzasidan izoh berdi

A A A
Qozog‘iston hukumati noqonuniy aktivlarni qaytarishga doir qonun yuzasidan izoh berdi

Qozog‘istonda amalga kiritilgan «Noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan aktivlarni davlatga qaytarish to‘g‘risida»gi qonun vijdonli sarmoyadorlar, jumladan, qonuniy faoliyat yuritayotgan chet ellik investorlarga daxl qilmaydi.

Bu haqda Qozog‘iston hukumati e’lon qilgan rasmiy bildirgida so‘z boradi.

Korrupsiya hamda jinoiy yo‘l bilan topilgan mulkni legallashtirishga qarshi kurashga qaratilgan qonun xalqaro me’yor va standartlarni o‘rgangan holda ishlab chiqilgan.

Noqonuniy yo‘l bilan orttirilgan mulkni davlatga qaytarish orqali Qozog‘iston xalqining buzilgan manfaatlarini himoya qilish, qonuniylik, ijtimoiy adolat va konstitusiyaviy nizomni ta’minlash ko‘zlangan.

Ushbu amaliyot yirik korrupsiya sub’etlari hamda ma’muriy-siyosiy resurslarga ega shaxslar bilan hamkorlik qiluvchi oligopol guruhlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Mazkur mexanizm qo‘llanishi uchun aktivlar miqdori oylik minimum mezon nisbatiga ko‘ra 44,8 milliard tenge yoki 100 mln AQSh dollaridan yuqori bo‘lishi kerak.

Qozog‘iston hukumati sharhida mulkni davlatga qaytarish xalqaro mezonlarga muvofiq sud orqali amalga oshirilishi va bu amaliyot qonunlarga itoat qiluvchi sarmoyadorlarga daxl qilmasligi uchun barcha kerakli choralar ko‘rilishi ta’kidlangan.

Davlatga qaytarilgan aktivlar ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

«Noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan aktivlarni davlatga qaytarish to‘g‘risida»gi qonun joriy yil 12 iyul kuni Qozog‘iston prezidenti tomonidan imzolangan. Rasman e’lon qilinganidan 60 kun o‘tib, qonun to‘laqonli amalga tatbiq etilmoqda.

Kiritildi: 13:30 27.09.2023. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!