Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘iston bilan chegaradagi “Dovud ota” posti yana to‘rt oyga yopildi

Qozog‘iston bilan chegaradagi “Dovud ota” posti yana to‘rt oyga yopildi

Joriy yilning 1 fevraldan boshlab Qozog‘iston bilan chegaradagi “Dovud ota” postidan harakatlanish 3 oyga to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi.

Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qurilish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan Qozog‘iston O‘zbekiston tomoniga chegaradan o‘tish cheklovini yana 4 oyga — 2025 yil 1 sentyabrgacha uzaytirish taklifi bilan rasman murojaat qilgan. O‘zbekiston tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.

Qayd etilishicha, ayni paytda postda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda: metall konstruksiyalarni o‘rnatish, muhandislik tarmoqlarini yotqizish, binolarni kapital ta’mirlash.

Bundan tashqari, maydan avgustgacha "KazAvtoJol" NK AK Tajen (Qozog‘iston) va “Dovud ota” (O‘zbekiston) punktlari orasidagi neytral chiziqda yo‘l quradi. O‘zbekiston tomonida ham shunday ishlar rejalashtirilgan.

Kiritildi: 19:16 19.05.2025. O'qildi: 415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!