Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

Qorasaroy ko‘chasida konteyner yonib ketdi

Toshkent shahar Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

7 iyul kuni Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasida joylashgan, Islom sivilizasiya markazi to‘g‘risida yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgan joydagi konteynerda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

Aytilgan manzilda yong‘in navbatchilikda turgan yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan zudlik bilan soat 11:32 da o‘chirildi.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Aytilgan manzilda 2 kv m maydonda konteynerda polietilen mahsuloti yonib zararlangani aniqlandi.

Kiritildi: 15:25 07.07.2025. O'qildi: 503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!