Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda bemorga qaragan hamshira va uning qizi koronavirusga chalindi

Qoraqalpog‘istonda bemorga qaragan hamshira va uning qizi koronavirusga chalindi

Bugun, 7 aprel holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasida koronaviruska chalingan bemorlar soni 11 nafarga yetdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston SSV ma’lum qildi.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, dastlab koronavirus aniqlangan Nukus shahrida yashaydigan bir erkak kishi va uning onasi bilan muloqatda bo‘lgan kishilar karantinga olinib, ulardan ham tahlillar olingan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, afsuski, yana quyidagilarda koronavirus kasalligi aniqlangan:

•    erkak kishining ayoli va ularning ikki qizida;

•    erkak kishi bilan onasiga tibbiy yordam ko‘rsatgan hamshira va uning qizida;

•    erkak kishi bilan birga ishlaydigan erkak kishida;

•    Favqulodda vaziyatlar vazirligida xizmat safari bilan Toshkent shahridan kelgan 3 nafar erkak kishida.

Hozirda kasallanganlar Respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli o‘rtacha darajada. Epidemiologik tekshirish ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 16:11 07.04.2020. O'qildi: 4250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!