Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonlik ota farzandlari uchun aliment o‘rniga uy hadya qildi

Qoraqalpog‘istonlik ota farzandlari uchun aliment o‘rniga uy hadya qildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudining 30.12.2022-yildagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi U.Yuldashevaning foydasiga tarbiyasidagi ikki nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdor I.Matsapayevning har oydagi jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga olib borilgan.

Joriy yilning 4 dekabr kuni qarzdor I.Matsapayev o‘zining nomidagi Amudaryo tumani, “Olmazor” MFY, Birlamchi ko‘chasida joylashgan 5 xonali uyni sobiq turmush urtog‘iga 2024 yil 4 dekabr kuni xadya etgan.

Shundan so‘ng, undiruvchi U.Yuldasheva Byuroning Amudaryo tuman bo‘limiga kelib, yuqorida ko‘rsatilgan sud hujjatiga asosan undirilishi belgilangan aliment pullaridan voz kechishini bildirib ariza bergan va ijro harakatlari tugatilgan.

Kiritildi: Bugun 17:02. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!