Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonlik ota farzandi 18 yoshgacha olishi kerak bo‘lgan 100 mln. so‘mni oldindan to‘lab berdi

Qoraqalpog‘istonlik ota farzandi 18 yoshgacha olishi kerak bo‘lgan 100 mln. so‘mni oldindan to‘lab berdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan undiruvchi N.G.ning foydasiga tarbiyasidagi bir nafar farzandining ta’minoti uchun sobiq turmush urtog‘i Dj.Sdan uning har oydagi jami daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjat Majburiy ijro byurosi Qorao‘zak tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor Dj.S.ning O‘zbekston Respublikasidan chiqish huquqiga nisbatan 11.04.2023 yili cheklov o‘rnatilgan.

Joriy yilning 29–may kuni qarzdor Byuroning Qorao‘zak tuman bo‘limiga kelib, o‘zaro kelishganligini va farzandi 18 yoshga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pullarini hisoblab berishni so‘ragan va hisoblab chiqilgan 100 mln. so‘m pullarni naqdlay undiruvchiga bergan.

Kiritildi: 12:02 30.05.2025. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!