Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda yigirma yoshdan oshgan aka-ukaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berildi

Qoraqalpog‘istonda yigirma yoshdan oshgan aka-ukaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma berildi

FXDYo organlarida tizimli tekshirish natijasida mamlakatimizda, asosan chekka hududlar aholi punktlarida, turli sabablar hamda huquqiy bilimlari yetarli darajada bo‘lmaganligi, shuningdek, ota-onalar tomonidan farzandlariga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni olmaganliklari aniqlandi.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida, mamlakatimiz rahbari tomonidan joriy yilning iyun oyida tegishli qaror imzolandi. Unga ko‘ra, hokimiyat, xotin-qizlar qo‘mitasi, FXDYo bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda boshqa manfaatdor organlarning vakillaridan iborat maxsus guruh shakllantirildi.FXDYo bo‘limi bilan birgalikda Davlat xizmatlar markazi xodimlari tomonidan har bir mahallada uyma-uy yurish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar natijasida qator muammmolar, jumladan, Qo‘ng‘irot tumani “Oltinko‘l” mahallasi fuqarolar yig‘inidagi bir oilada tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalari yo‘q 2 nafar bola yashab kelayotgani aniqlandi.

Tasavvur qiling, shu 2 ta bola — 1996 yil 23 yanvarda tug‘ilgan Atajanov Urazali Kulmurat o‘g‘li va 1998 yil 25 avgustda tug‘ilgan Atajanov Bekzat Kulmurat o‘g‘li respublikamizning Konstitusiyasi va qonunlarida belgilangan haq-huquqlardan to‘laligicha foydalanish imkoniyatiga ega emas edilar. 2018 yil 8 oktyabr kunidan boshlab ular respublikamizning Konstitusiyasi va qonunlarida belgilangan o‘z haq-huquqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ota-onalari yurtboshimizga va Davlat xizmatlar agentligiga o‘zlarining cheksiz minnatdorligini bildirdilar.
Biz “Birorta ham bola qayd etilmasdan qolishi mumkin emas” va “Tug‘ilganlikni qayd etilishi – bola huquqlarini ruyobga chiqarilishining va fuqaroligi bo‘lmasligining oldini olishning huquqiy asosidir” degan ezgu g‘oyalarga amal qilamiz.

 

Doshanova Gulxatsha Matjanovna,

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlar markazi agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Qo‘ng‘irot tumani Davlat xizmatlar markazi davlat ro‘yxatdan o‘tkazish va ruxsat beruvchi xujjatlarni rasmiylashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.

Manba: kruz.uz

Kiritildi: 22:43 29.10.2018. O'qildi: 1236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!