Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta xom ashyosini yetishtirishni imtiyozli kreditlash imkoniyatlari kengaytirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta xom ashyosini yetishtirishni imtiyozli kreditlash imkoniyatlari kengaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024 yil 9 fevraldagi qarori bilan sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalarini jadal rivojlantirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmalarini yaxshilash, tadbirkorlik va xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholi bandligini ta’minlash hamda turmush darajasini oshirish bo‘yicha qator tadbirlar belgilangan.

Shu bilan birga, 2024 yilda paxta xom ashyosi yetishtirish uchun imtiyozli kreditlarni tuproqning bir bonitet baliga nisbatan normativ hosildorligini (sentner/gektar) 1,25 koyeffisiyentga oshirgan holda ajratilishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bunda “Agroplatforma” axborot tizimi mahsulot yetishtiruvchilar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni tartibga solish uchun foydalanilmoqda.

Kiritildi: 15:04 20.06.2024. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!