Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,8 mlrd so‘mlik energiya resurslarini o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi aniqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,8 mlrd so‘mlik energiya resurslarini o‘g‘irlagan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qorao‘zak tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Q.M.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, MCHJning avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasiga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagich uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatib, jami 1,1 mln kub metr tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,8 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:49 24.01.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!