“Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
— yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi;
— Akademiya tarkibida ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o‘quv-simulyasion markaz va mehmonxona.
Nukus shahrida joylashgan davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalari Akademiyaning klinik bazasi hisoblanadi.
Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:
— tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
— tashxislash va davolashning yuqori texnologiyali innovasion usullarini amaliyotga joriy etish;
— telemedisina texnologiyalaridan keng foydalanish uchun sharoitlar yaratish.
2025/2026 o‘quv yilidan Akademiyada klinik ordinaturada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
2025 yil 1 oktyabrdan Akademiya faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.