Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Qorako‘lda agroinspeksiya xodimi traktor haydash guvohnomasi berish evaziga pul talab qildi

A A A
Qorako‘lda agroinspeksiya xodimi traktor haydash guvohnomasi berish evaziga pul talab qildi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qorako‘l tuman bo‘limi mas’ul xodimi R.O. boshqa bir fuqarodan traktor haydash uchun maxsus ruxsatnoma tayyorlab berishi evaziga pul talab qilgan.

Tegishli idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, ushbu shaxs kimyoviy ishlov berilgan 100 AQSh dollari va 850 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:45 09.08.2023. O'qildi: 1251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!