Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qor erimaydigan Namanganning "Qorsaroy"i haqida eshitganmisiz?

Qor erimaydigan Namanganning "Qorsaroy"i haqida eshitganmisiz?

Namangan viloyatining Pop tumanida "Qorsaroy" dam olish maskani turistlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

O‘ziga xos jihati, dengiz sathidan 1700 metr balandlikdagi Qamchiq dovonida tashkil etilgan mazkur dam olish maskanida dekabr, yanvar, fevral va hattoki mart oyida ham doimiy ravishda qor erimaydi.

Ta’kidlash kerakki, tabiiy ravishda yaratilgan sirpanchiq 230 metrni tashkil etadi. Har kuni yuzlab mahalliy sayyohlar maxsus havo yostiqchalari yordamida sirpanchiqda uchadilar.

Shuningdek, "Qorsaroy"da 430 metr uzunlikdagi osma dor yo‘li ham ishga tushdi. Qolaversa, zorbing (shaffof) ballonlar xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda oilaviy dam oluvchilar uchun kempinglar qurish ishlari davom etmoqda.

Qayd etish joizki, sayyohlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun Pop tumaniga xos bo‘lgan jihatlarga alohida yondashilmoqda. Masalan tashrif buyurayotgan mehmonlarga mazali patirlarni xarid qilish imkoniyati ham yaratilgan.

Ma’lumot uchun, kelgusida qurilayotgan kempinglar uchun quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha subsidiya ajratiladi. Tadbirkorlar tomonidan yana 5 gektarli maydonda dam olish maskani barpo etish ham rejalashtirilgan.

Kiritildi: 18:07 09.01.2023. O'qildi: 8095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!