Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qonun loyihasi: migrantlar uchun AQSh eshiklarini butkul yopilishi mumkin

Qonun loyihasi: migrantlar uchun AQSh eshiklarini butkul yopilishi mumkin

AQSh Senatining Huquq qo‘mitasi 1 avgust kuni Markaziy Amerika migrantlar uchun AQSh eshiklarini to‘liq yopib qo‘yuvchi qonun loyihasini Senatga yubordi. Bu haqda «Human Rights Watch» xabar bermoqda.

Senator Lindsi Grem tomonidan kiritilgan xavfsizlik va himoya qilish to‘g‘risidagi qonun Tramp ma’muriyatining Markaziy amerikaliklarga nisbatan qo‘llanilayotgan shafqatsiz ma’muriy choralarini bolalar va oilalarga boshpana izlashni yoki olishni taqiqlovchi qonunga aylantiradi.

Ushbu qonun loyihasi asosan, Markaziy amerikaliklarni boshpana izlash huquqidan mahrum qiladi va bu huquqni qochoqlarni ko‘chirish dasturi bilan almashtiradi. Ko‘chirish dasturi Qo‘shma Shtatlarga chet eldan qochqinlarni qabul qilish imkonini bersa-da, ammo amalga oshirishni majburiy talab qilmaydi. Ushbu o‘zgarish Markaziy Amerika qochoqlarining aksariyat qismini himoyasiz qoldiradi.

Grem qonun loyihasi doirasida Meksika va Markaziy Amerikaning yana uchta qismida «qochoqlarning arizalarini qabul qilish va qayta ishlash markazlari» tashkil etiladi. Bunday markazga ega bo‘lgan yoki bu markazlarga yaqin joylashgan mamlakatda yashaydigan Markaziy Amerika mamlakatining har qanday fuqarosi Qo‘shma Shtatlarda boshpana olish huquqiga ega emas. Natijada, ushbu mamlakatlarda qochqinlarni qabul qilish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan Markaziy Amerikadan hech kim Qo‘shma Shtatlarga kelganida boshpana so‘rash huquqiga ega bo‘lmaydi.

30 sentyabr kuni tugaydigan bu moliyaviy yilning birinchi uch chorak davomida Amerika Qo‘shma Shtatlari faqat 306 nafar Markaziy Amerika qochoqlarini qabul qilishga qaror qilgan. Tramp ma’muriyati allaqachon ularni qabul qilishni 65 foizga qisqartirgan. Obama prezidentligining so‘ngi yilida global qochqinlar qabul qilish 85 mingni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich joriy yil 30 mingni tashkil etgan.

Kiritildi: 14:36 05.08.2019. O'qildi: 1977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!