Bugun 31 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Qodirov Londonga kirish taqiqlangani haqida: "Agar g‘azablansam, qasosim dahshatli bo‘ladi"

A A A
Qodirov Londonga kirish taqiqlangani haqida: "Agar g‘azablansam, qasosim dahshatli bo‘ladi"

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Londonga bora olmasligi uchun qasos olishini aytdi.

Respublika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u uzoq vaqtdan beri Tauer ko‘prigidan Temza manzarasidan bahramand bo‘lishni, Big Ben va Bukingem saroyini tomosha qilishni, Trafalgar maydonida kezishni va hokazolarni orzu qilgan. Lekin hozir unga sanksiyalar qo‘yilgan.

«Siz meni burchakka taqayapsiz. Bunday qilmaslik kerak. Agar men g‘azablansam, g‘azabim dahshatli va qasosimni boshqarib bo‘lmaydi. Shunda siz sanksiyalaringiz "guldasta" ekanligini tushunasiz», — deb yozdi Qodirov Telegramda.

Kiritildi: 21:37 10.03.2022. O'qildi: 7343 marta. Fikrlar soni: 19 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!