Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Qodirov YEIga uning onasiga nisbatan qo‘llagan sanksiyalari uchun minnatdorchilik bildirdi

A A A
Qodirov YEIga uning onasiga nisbatan qo‘llagan sanksiyalari uchun minnatdorchilik bildirdi

Evropa Ittifoqi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning onasi Aymani Qodirovaga «Ukrainalik bolalarni qayta tarbiyalash dasturini amalga oshirgani va Rossiya-Ukraina urushida qatnashgan chechen jangchilari oilalariga yordam bergani» uchun sanksiyalar kiritdi.

Bunga javoban Ramzan Qodirov Yevropa Ittifoqiga minnatdorchilik bildirdi. «Men Yevropa Ittifoqiga Aymani Nesiyevna faoliyatini yuksak baholagani va bunday yoqimli sovg‘a uchun chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Uning Yevropa sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi Amerikaning ilgari joriy qilingan sanksiyalari bilan birga bizning jangchilarimiz va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlashdagi xizmatlarining haqiqiy e’tirofidir», — deb yozdi Checheniston rahbari Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.

Kiritildi: 20:09 25.06.2024. O'qildi: 1981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!