Checheniston rahbari Ramzan Qodirov viloyat hukumati raisining ijtimoiy blok bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga qizi Ayshat Qodirovaning nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
Unga ko‘ra, Ayshat Qodirova nomzodini Checheniston hukumati raisi Muslim Xuchiyev taklif qilgan.
“Men Muslim Xuchiyevning takliflarini qo‘llab-quvvatladim”, — deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, viloyat Madaniyat vazirligiga Checheniston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Musa Dadayev rahbarlik qiladi.