Bugun 11 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Qiziqchilar uchun reyd: “Bravo”ning lisenziyasi olinishi mumkin

A A A
Qiziqchilar uchun reyd: “Bravo”ning lisenziyasi olinishi mumkin

Estrada san’ati sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkorlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotganiga qarmay, qiziqchilik san’ati, aksar so‘z ustalarida talabchanlik yo‘qolib, bachkana, fahsh xatti-harakat, bema’ni haqoratomuz so‘zlar bilan keng ommaning g‘ashiga tegish holatlari kuzatilmoqda, deb bayonot bermoqda O‘zbekkonsert davlat muassasasi rahbariyati.

Bugun, 26 fevral kuni O‘zbekkonsert davlat muassasasi tomonidan Turkiston san’at saroyining majlislar zalida Badiiy so‘z san’ati va sahna mas’uliyati mavzusida davra suhbati o‘tkazilmoqda. Kun.uz muxbirining xabar berishicha, davra suhbatining asosiy mavzusi sifatida bugungi kunda sahnaga chiqayotgan, o‘zini so‘z ustasi sifatida tanishtirayotgan yoshlar masalasi ko‘rilmoqda.

Qiziqchilar jamiyatdagi muammolarni, kamchiliklarni satirik janrda, badiiy san’at darajasida ochib berishlari lozim. Ammo bugungi kunda ayrim qiziqchilar maishiy mavzular orasida o‘ralashib qolayotgani achinarli holdir , deyiladi O‘zbekkonsert bayonotda.

Ma’lumki, o‘zbek so‘z san’ati o‘zining Yusufjon qiziq, Muhiddin Darveshov, Soyib Xo‘jayev, Ergash Karimov, Rustam Hamroqulov kabi zabardast vakillariga ega. Ularning munosib davomchisi sifatida ko‘riladigan Hojiboy qiziqning xalqdan olib, xalqqa taqdim etish uslubi ham shinavandalar uchun nihoyatda qiziqarliligicha qolmoqda.

Ammo bugungi kunda ko‘pchilik yoshlar bu an’analarga zid ravishda, arzon va oson kulgi ortidan quvib, sahnada maishiy mavzulardan orta olmayotganlari, fahsh atrofidagi gaplar, haqoratomuz so‘zlarni ko‘pchilik oldida uyalmay so‘zlayotganligi achinarli ekanligi qayd etilmoqda.

O‘zbekkonsert davlat muassasasi tomonidan o‘tkazilayotgan Badiiy so‘z san’ati va sahna mas’uliyati mavzusida davra suhbati aynan mana shunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, o‘zbek so‘z san’atini sof holda saqlab qolishni ko‘zda tutgan.

Ma’lum qilinishicha, tadbir doirasida qator guruhlar va ijodkorlar masalasi alohida ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

So‘nggi paytlarda turli guruhlarning, jumladan BRAVO guruhining sahna chiqishlari, Halima Ibragimovaning ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar bilan gap talashuvlari jamoatchilik orasida qattiq e’tirozlarga sabab bo‘layotgandi.

Kiritildi: 16:13 26.02.2019. O'qildi: 2698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!