Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qiziq holat! "Borussiya Dortmund" YECHL finalida yutqazsa ko‘proq pul ishlab topadi

Qiziq holat! "Borussiya Dortmund" YECHL finalida yutqazsa ko‘proq pul ishlab topadi

Evropa chempionlar ligasining 2023/24 yilgi mavsumi finalchilari ma’lum bo‘ldi.

"Borussiya D" Enrike boshchiligidagi PSJni ikki o‘yinda ham mag‘lub etdi va finalga yo‘l oldi. "Bavariya" to‘sig‘idan o‘tgan "Real" bu safar ham "chempionlar toji"ni kiiyishga yaqin kelmoqda.

Xabaringiz bor, "qirollik klubi"ning asosiy yulduzlaridan biri Jud Bellingem o‘tgan yozda Dortmunddan Madridga kelib qo‘shilgan edi. Angliyalik futbolchi endi finalda sobiq jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

Agar ushbu finalda "Borussiya" g‘olib bo‘lsa, UYEFAdan 20 million yevro oladi. Aksincha, Bellingem va "Real" turnir kubogini qo‘lga kiritsa, uning transferi uchun "arilar" klubi "qaymoqranglilar"dan qo‘shimcha 25 million yevro oladi. Bu uning transfer shartlarida keltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, "Borussiya" - "Real" o‘rtasidagi final 1 iyunda "Uemli" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 23:48 09.05.2024. O'qildi: 1389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!