Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

“Qizil kitob”ga kiritilgan noyob cho‘l toshbaqasi chegaradan o‘tolmadi

“Qizil kitob”ga kiritilgan noyob cho‘l toshbaqasi chegaradan o‘tolmadi

400 dona O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi olib ketayotgan vaqtda Bekobod shahar “Farhod” chegara postida to‘xtatib qolindi.

Bekobod shahar “Farhod” chegara postida Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi hamda tegishli organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida navbatdagi huquqbuzarlik holatiga chek qo‘yildi.

1989 yili tug‘ilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi Y.B. O‘zbekiston Respublikasidan Tojikiston Respublikasiga 400 dona O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi olib ketayotgan vaqtda Bekobod shahar “Farhod” chegara postida to‘xtatib qolindi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu toshbaqa turining tabiiy populyasiyasini saqlab qolish maqsadida “Qizil kitob”ga kiritilgan bo‘lib, mamlakatimizning barcha adirliklarida uchraydi.

Xususan, u mustahkamlashgan qumlar, sertuproq cho‘llarda yashab, tog‘ sharoitida hatto dengiz sathidan 1 ming 300 metr balandlikkacha ko‘tariladi. Ba’zan vodiydagi siyrak maysa dashtlar va qishloq xo‘jaligi yerlari, shudgor, poliz va dalalarda ham uchraydi.

Hozirda huquqbuzarlarga qonuniy baho berish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organlariga yuborish choralari ko‘rilmoqda. Toshbaqalar esa Zangiota tumanida joylashgan “Tabiat bag‘rida” pitomnigiga vaqtincha saqlash uchun berildi.

Kiritildi: 09:36 15.09.2024. O'qildi: 1670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!