Bugun 21 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tartibga solinadi

Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tartibga solinadi

“Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-1056-son, 14.04.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Qonun qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

📝Qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilar qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishda quyidagi bir yoki bir necha tavakkalchiliklar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomalarini tuzadi:

▪️tabiiy va texnogen ofatlar;
▪️yong‘in;
▪️o‘simliklarning zararkunandalar va kasalliklardan zararlanishi;
▪️qishloq xo‘jaligi hayvonlarining yuqumli kasalliklari tarqalishi va zaharlanishi;
▪️yovvoyi hayvonlar tomonidan ekinlarning payhon qilinishi yoki qishloq xo‘jaligi hayvonlariga zarar yetkazilishi;
▪️uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari.

✔️Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu sohada muvofiqlashtiruvchi davlat organidir.

❇️Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sug‘urta mukofotlarining bir qismini hamda yetkazilgan zararning sug‘urta mukofotlari va qayta sug‘urta qilish mablag‘lari hisobidan kompensasiya qilinmagan qismini qoplash uchun byudjet subsidiyalari ajratish orqali amalga oshiriladi.

📃Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi sug‘urtalovchisi sifatida Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi.

📌Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 09:27 16.04.2025. O'qildi: 727 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!