Xabar berilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i hududida qish sovug‘i hukm surayotgan bir paytda achchiq bodom daraxti gullagan.
Qayd etilishicha, “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i 2022 yil 4 martda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tashkil etilgan.
Hududda 667 turga mansub o‘simlik uchraydi. Shulardan 36 turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.