Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, tegishli farmon bugun kuni Qirg‘izistonning amaldagi prezidenti Sadir Japarov tomonidan imzolangan.
Ma’lum qilinishicha, Japarov Bishkek shahrining Birinchi may tuman sudi 3 iyundagi hukmini ijro etish maqsadida ushbu farmonni imzolagan. Unga ko‘ra, Almazbek Atambaev Qirg‘iziston Respublikasining quyidagi davlat mukofotlaridan mahrum etilgan:
Qirg‘iziston Respublikasining eng oliy mukofoti – “Qirg‘iz Respublikasining Qahramoni” unvoni, “Manas” ordenining II darajasi, “Danaker” ordeni va “Dank” medali.
3 iyun kuni Bishkekning Birinchi may tumani sudi Qirg‘izistonni tark etgan Almazbek Atambayevni sirtdan 11 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish va mol-mulkini musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqargan edi. Sobiq prezident korrupsiya, ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, shuningdek, Qo‘ytosh qishlog‘idagi yer maydonlarini noqonuniy qo‘lga kiritishda aybdor deb topilgan.