Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

AQSh harbiy-dengiz kuchlari O‘rta yer dengizida harbiy kemalarsiz qoldi

AQSh harbiy-dengiz kuchlari O‘rta yer dengizida harbiy kemalarsiz qoldi

Hozirda AQSh harbiy-dengiz kuchlarining O‘rta yer dengizida harbiy kemalari yo‘q.

Bu haqda AQSh harbiy-dengiz instituti ma’lumotlariga asoslanib, "Interfaks" xabar bermoqda.

Dekabrgacha Amerikaning yagona boshqariladigan raketa esminesi USS Paul Ignatius O‘rta er dengizida doimiy ravishda Ispaniyaning Rota shahrida joylashgan edi. AQSh 6-flotiga ko‘ra, shu oy boshida u Marokash dengiz floti bilan Atlantika okeanida qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashgan.

AQSh harbiy-dengiz kuchlari 26 dekabr kuni esminet Nigeriyadagi ISHID marralariga qanotli raketa zarbalarini bergani haqida xabar berdi.

Avvalroq O‘rta yer dengizida joylashgan kemalar, jumladan, USS Gerald Ford samolyot tashuvchi kemasi va uchta esmines noyabr oyida Amerika harbiy-dengiz guruhini kuchaytirish uchun Venesuela shimolidagi Karib dengiziga jo‘natildi. Bu guruh hozirda 11 ta harbiy kemadan iborat.

Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!