Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lining qurilishi boshlandi

Qirg‘izistonda «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lining qurilishi boshlandi

Qirg‘izistonda «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» xalqaro temir yo‘li bo‘ylab to‘liq miqyosda qurilish ishlari boshlandi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, bu haqda Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, suv resurslari vaziri Baqit Torobayev ma’lum qilgan.

«Bugun, 30 iyun — mamlakatimiz uchun haqiqatan ham tarixiy kun. Temir yo‘lning butun masofasida qurilish ishlari boshlandi», — dedi Torobayev o‘z bayonotida.

Loyiha mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash, tranzit salohiyatini oshirish va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan. Ushbu temir yo‘l Xitoyni Qirg‘iziston orqali O‘zbekiston va undan keyingi bozorlar bilan bog‘laydi.

Kiritildi: 14:12 01.07.2025. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!