Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik kurashchiga qarshi tergov ishlari olib borilmoqda

Qirg‘izistonda o‘zbekistonlik kurashchiga qarshi tergov ishlari olib borilmoqda

Jangda nohaq mag‘lub bo‘lganini aytayotgan o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyevning video bayonoti qirg‘izistonlikliklar g‘azabini keltirmoqda. Bu haqda "minbar.uz" xabar tarqatdi.

18 avgust kuni O‘sh viloyatining Qorasuv tumanida aralash jang yo‘nalishi (MMA) bo‘yicha bo‘lib o‘tgan tadbirda, andijonlik Nursulton Ro‘ziboyev mahalliy raqiblari bilan kuch sinashgan.

Uning iddaosiga ko‘ra, u jangda qirg‘izistonlik Oltinbek Oriqboyev ustidan g‘alaba qozongan, biroq hakam jang vaqtini ataylab erta tugatib qo‘ygan va raqibini g‘olib deya e’lon qilgan.

Internet tarmoqlarida yoyinlangan videoda, Nursulton Ro‘ziboyev jang yakunida O‘zbekiston bayrog‘ini qo‘liga olib, yuqori ko‘tarayotgani, hakam esa unga qarshilik qilish bilan birgalikda, bayroqni jang maydonidan tashqariga uloqtirayotgani aks etgan. Nursulton hakamga norozilik bildirib, jang maydonini tark etadi.

Nursulton O‘zbekistonga qaytgach, Instagram ijtimoiy tarmog‘ida jang adolatli bo‘lmagani haqida gapirib, qirg‘iz xalqini haqoratlashga ham ulguradi. Bu esa o‘z navbatida qirg‘izistonliklar noroziligiga sabab bo‘ldi.

O‘sh viloyati Ichki ishlar boshqarmasi 27 yoshli o‘zbekistonlik kurashchi Nursulton Ro‘ziboyevni "qirg‘iz xalqining milliy g‘ururini tahqirlagan" videosi bo‘yicha, Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 313-milliy, diniy va hududlararo nizoni keltirib chiqarish moddasiga asosan tergov ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

"Ushbu murojatga sabab bo‘lgan sport tadbirining tashkilotchilari chaqirtirilib tergov ishlari boshlandi. Video murojat yoyinlagan O‘zbekiston fuqarosi o‘z davlatiga o‘tib ketganligi sabab, unga nisbatan tergov ishlari xalqaro Minsk Konvensiyasi doirasida olib boriladi", - deyiladi idora bayonotida.

Sportdagi mag‘lubiyat ortidan paydo bo‘lgan norozilik sabab, millatchilik kayfiyati bilan o‘zbek va qirg‘iz xalqlari orasida etnik nizo kelib chiqishini oldini olish maqsadida joylarda tushintirish ishlari ham olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘zbekistonlik kurashchi video bayonoti uchun qirg‘izistonliklardan uzr so‘rashi, sportchi hissiyotga berilmasligi kerakligini urg‘ulashmoqda.

84 kg vaznli Nursulton Ro‘ziboyev 2017 yilning 9 sentyabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan WEF chempionligi uchun kechgan bellashuvda qirg‘izistonlik Almanbet Nuraliyev ustidan g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 10:40 23.08.2019. O'qildi: 3692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!