Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qirg‘izistonda pornografik kontentga qarshi qonun loyihasi qabul qilinadi

Qirg‘izistonda pornografik kontentga qarshi qonun loyihasi qabul qilinadi

📃 Qonun loyihasiga muvofiq, Qirg‘iz hududida internet makonida pornografik xarakterga ega kontent tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi».

👍Hujjatda quyidagilar belgilangan:

Pornografik xarakterga ega veb-sayt yoki sahifaga kirish talab kelib tushgan paytdan boshlab 24 soat ichida cheklanishi shart;

Veb-sayt yoki sahifa egasi kontentni 24 soat ichida vakolatli davlat organining talabi bilan o‘chirishi lozim;

Agar kontent o‘z vaqtida o‘chirilmasa yoki talab inkor etilsa, sayt faoliyati 2 oygacha to‘xtatilishi mumkin;

Faoliyat to‘xtatilganda yangi sayt yoki sahifa yaratishga ruxsat berilmaydi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, agar biror fuqaro sayt yoki sahifada pornografik kontent mavjud deb hisoblasa, vakolatli davlat organiga murojaat qilish huquqiga ega.

Qonun qabul qilinganidan so‘ng, Vazirlar Mahkamasi Respublika hududida kirish taqiqlanadigan saytlar ro‘yxatini (reestr) yaratishi lozim bo‘ladi.

Kiritildi: 11:50 29.06.2025. O'qildi: 744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!