Parlamentning Qonunchilik, huquq-tartibot, jinoyatchilikka va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi OAV va internetda haqorat yoki tuhmat uchun jarima to‘lash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi.
Ommaviy axborot vositalari va internet saytlarida haqorat yoki tuhmat uchun qonun loyihasida dastlab jismoniy shaxslarga 1000 BHM (100 ming som), yuridik shaxslarga 2000 (200 ming som) BHM miqdorida jarima solish nazarda tutilgan edi.
Uzoq muhokamalardan so‘ng jismoniy shaxslar uchun jarima miqdori 20 ming som, yuridik shaxslar uchun 65 ming somgacha kamaytirildi. Kiritilgan takliflarga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi arizalarni keyinchalik ishlarni sudga o‘tkazish yo‘li bilan ko‘rib chiqadi.