Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qirg‘izistonda deputatlar Konstitusiyaning yangi loyihasidan norozi

A A A
Qirg‘izistonda deputatlar Konstitusiyaning yangi loyihasidan norozi

 

 

Qirg‘iziston parlamentida asosiy qonunni muhokama qilish davom etmoqda. Kuni kecha ushbu loyiha Jo‘qorg‘i Kengesning tegishli qo‘mitasi tomonidan ma’qullangan.

Ko‘plab deputatlar loyiha mualliflarining ismlarini e’lon qilishni so‘rashmoqda.  Ularning so‘zlariga ko‘ra, ularning nomlari na elektron, na qog‘oz hujjatlarda ko‘rsatilmagan. Hozirgi vaqtda 10 nafar deputat yangi konstitutsiyadan norozi ekanligini bildirgan.

Deputatlar so‘zlariga ko‘ra, konstitusiyaning yangi tahriri prezident vakolatlarini kuchaytiradi.  Bosh vazir vakolatlari prezidentga nisbatan ancha kam etib ko‘rsatilgan bo‘lib, hukumatni prezident ma’muriyati rahbari boshqarishi va prezident ijro etuvchi hokimiyat uchun javobgar ekanligi ta’kidlangan.

Parlament spikeri Talant Mamitov Konstitusiya loyihasini muhokama qilmaslikka, balki referendum kunini belgilashga chaqirgan. Referendumni 11 aprelda o‘tkazish taklif qilinmoqda.

Kiritildi: 13:02 04.03.2021. O'qildi: 2040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!