Bugun 5 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘izistonda chegaradagi qishloqlar fuqarolariga qurol beriladimi?

Qirg‘izistonda chegaradagi qishloqlar fuqarolariga qurol beriladimi?

Qirg‘izistonda «Chegaraoldi vakolatli shaxslari» to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha loyiha parlament muhokamasiga kiritildi, deb xabar bermoqda Kloop nashri.

O‘zgartirishga ko‘ra, Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegaraoldi hududlarida yashovchi fuqarolarga o‘qotar va jangovar qurol berishi mumkin bo‘ladi.

Hujjatda aytilishicha, qurolni faqat «chegara oldida yashovchi vakolatli shaxs» maqomiga ega fuqarolar olishi mumkin. Fuqarolarga ushbu maqom xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan beriladi.

Hozirda amaldagi qoidalarda «chegara oldida yashovchi vakolatli shaxslar»ga qurol berish ko‘zda tutilmagan. Fuqarolar davlat chegarasini qo‘riqlashda chegarachilarga yordam berish uchun jalb etilishi mumkin xolos.

Avvalroq Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Feliks Qulov chegaraoldi hududlarida yashovchi aholiga qurolga ega bo‘lish imkonini berish masalasini ko‘targandi.

Kiritildi: 23:23 25.05.2021. O'qildi: 2417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!