Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Qirg‘izistonda amaldorlarga xorijiy hisob raqam ochish taqiqlandi

Qirg‘izistonda amaldorlarga xorijiy hisob raqam ochish taqiqlandi

Qirg‘izistonda davlat xizmatchilari uchun xorijiy banklarda hisob raqam ochish taqiqlandi. Tegishli qonunni prezident Sadir Japarov imzoladi.

Yangi hujjatga ko‘ra, amaldorlar qarindoshlari biznesiga ko‘maklashishi, protokol qiymatidan ortiq sovg‘a va mukofot olishi
qat’iyan man etiladi.

Qonun 17 fevraldan e’tiboran 10 kun o‘tib kuchga kiradi. U korrupsiyaning oldini olish, xavf-xatarlarni tahlil qilish va davlat siyosatini tizimlashtirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, ilk bor korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha vakolatli davlat organi belgilanib, har yili mamlakatdagi holat yuzasidan ochiq hisobot berilishi joriy etildi.

Kiritildi: 16:28 17.02.2026. O'qildi: 1184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!