Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Qirg‘izistonda amaldorlarga qarindosh-urug‘chilik qilish va sovg‘alar olish taqiqlandi

Qirg‘izistonda amaldorlarga qarindosh-urug‘chilik qilish va sovg‘alar olish taqiqlandi


Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Kasimaliyev davlat fuqarolik va munisipal xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi namunaviy xulq-atvor standartlarini tasdiqladi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, Qirg‘iziston amaldorlariga ayrim shaxslarga alohida imtiyozli sharoitlar yaratish, davlat mulki va xizmat ma’lumotlaridan shaxsiy maqsadlarda foydalanish, xizmat vazifasi bilan bog‘liq sovg‘alar va mukofotlarni qabul qilish (rasmiy sovg‘alar bundan mustasno, ular davlat organi balansiga o‘tkazilishi shart), yaqin qarindoshlarini lavozimlarga tayinlashda qatnashish va ularga xizmat ko‘rsatish taqiqlandi.

Hujjat talablarini buzganlik uchun intizomiy jazo choralari ko‘riladi, hatto ishdan bo‘shatishgacha jazo berilishi mumkin. Agar korrupsiya yoki jinoyat belgilari aniqlansa, hujjatlar prokuratura va huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

Kiritildi: 22:44 11.07.2026. O'qildi: 1073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!