Bugun 29 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonda 12 nafar bola shirinlikdan zaharlandi

Qirg‘izistonda 12 nafar bola shirinlikdan zaharlandi

Qirg‘izistonning Chuy tumanidagi Iskra qishlog‘ida 27 noyabr kuni maktab o‘quvchilari konfet va shirinlik spreyi bilan ovqatdan zaharlandi.

Chuy viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 27 noyabr kuni Iskra qishlog‘ining 12 nafar voyaga yetmagan fuqarosi (2012, 2009, 2008-yillarda tug‘ilgan) ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan Toqmoq shahar shifoxonasiga yotqizilgan. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilib, ularning barchasi uylariga jo‘natilgan. Mazkur holat qayd etilib, tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.

Aniqlanishicha, 12 yoshli 7-sinf o‘quvchisi Iskra qishlog‘idagi chiqindixonadan bir paket «BEN 10» konfeti va shisha ichidagi shirin spreyi topib olgan va uni maktabda sinfdoshlariga taklif qilgan. Keyinchalik bolalar ushbu shirinliklardan zaharlangan. Mahsulotlar olib qo‘yilib, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Ayni paytda maktab o‘quvchilarining ahvoli barqaror deb baholanyapti.

Kiritildi: Bugun 17:12. O'qildi: 256 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!