Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qirg‘iziston o‘zining birinchi sun’iy yo‘ldoshini AQSh hududidan uchiradi

Qirg‘iziston o‘zining birinchi sun’iy yo‘ldoshini AQSh hududidan uchiradi

Qirg‘iziston o‘z tarixidagi ilk milliy sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirishga tayyorlanmoqda. Qurilmani 1 oktyabr kuni AQShning Kaliforniya shtatidan Yer orbitasiga olib chiqish rejalashtirilgan, deb xabar berdi “Sputnik Kirgizstan”.

Sun’iy yo‘ldosh taqdimotini Qirg‘iziston hukumati raisi o‘rinbosari — suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Erlist Akunbekov olib bordi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh orqali olingan suratlar va boshqa ma’lumotlardan foydalanish qishloq xo‘jaligini yangi bosqichga olib chiqishga yordam beradi. Jumladan, bunday ma’lumotlar sovuq havo to‘lqinlari yoki qurg‘oqchilikni oldindan kuzatish imkonini beradi.

Amaldorning aniqlik kiritishicha, sun’iy yo‘ldosh ilgari kompyuterlar va nazorat-kassa apparatlarini yig‘ish bilan shug‘ullangan “Qirg‘iz elektronika” korxonasida yaratilgan. Qurilmani ishlab chiqish va tayyorlash uchun qirg‘izistonlik muhandislarga 2,5 yil vaqt kerak bo‘lgan.

Kosmik apparatning og‘irligi 5 kilogrammni tashkil etadi. Uning qiymati 10–12 million som, ya’ni qariyb 130 ming dollarga baholanmoqda.

“Qirg‘iz elektronika” direktori Ilya Cherniyning aytishicha, sun’iy yo‘ldoshni ko‘p funksiyali qurilma deb atash mumkin. Xususan, u yuqori aniqlikdagi kameralar bilan jihozlangan bo‘lib, ular orqali olinadigan tasvirlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi uchun muhim ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, korxona rahbari loyihani to‘liq Qirg‘izistonda yaratilgan ishlanma deb bo‘lmasligini tan oldi. Chunki sun’iy yo‘ldoshda qo‘llangan texnologiyalarning katta qismi Rossiyaga tegishli.

Kiritildi: 23:35 25.09.2026. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!