Bugun 29 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘iziston O‘zbekistondan qurilish mahsulotlari importini oshiradi

Qirg‘iziston O‘zbekistondan qurilish mahsulotlari importini oshiradi

O‘zbekiston bosh konsuli Zafarbek Ahmedov Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasining Jalolobod viloyati boshqarmasi raisi Maadanbek Karayev bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston hududlari va Jalolobod viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, madaniyat va turizm sohalarida yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Qirg‘iziston vakili so‘nggi yillarda ikki do‘st mamlakat, shu jumladan, Jalolobod va Namangan viloyatlari o‘rtasida hamkorlik barcha jabhalarda izchil rivojlanib borayotganidan mamnunlik bildirdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari, Jalolobod va Namangan viloyatlari rasmiy va ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish xususida fikr almashildi. Ushbu viloyatlar o‘rtasidagi sheriklikni yanada kuchaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini qayd etildi.

Muzokaralar yakunida qurilish sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish, O‘zbekistondan qurilish mahsulotlari importi hajmini oshirish, sayyohlar almashinuvini ko‘paytirish va boshqalar bo‘yicha muloqotlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Kiritildi: 16:38 24.06.2024. O'qildi: 664 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!