Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida ayanchli avtohalokat yuz berdi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida ayanchli avtohalokat yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan avtohalokat tasvirlangan video yuzasidan IIV axborot xizmati xabar berdi (https://t.me/Sh_Giyasov_IIV_matbuot_kotibi/908)

Joriy yilning 21 may kuni soat taxminan 15:30lar chamasida, Qirg‘iz Respublikasi Batken viloyati Qadamjoy tumani orqali O‘zbekiston Respublikasining So‘x tumani hududiga harakatlanib kelayotgan, ustiga buldozer yuklangan, treyler avtotransport haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, Qirg‘iz Respublikasi «Chechme» chegara o‘tkazish punkti va O‘zbekiston Respublikasi «Chashma» chegara o‘tkazish punkti orqali ro‘yxatdan o‘tish uchun navbatda turgan jami 12 ta (2 ta O‘zbekiston va 10 ta Qirg‘iz Respublikasi) avtomashinalarga urilib, ularga shikast yetkazgan.

Avtohalokat natijasida, birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, 9 nafar fuqaro (shulardan, 1 nafari O‘zbekiston Respublikasi, qolgan 8 nafari Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi) vafot etganlar.

Jarohatlanganlarga tez-tibbiy yordam ko‘rsatilishi ta’minlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:45 21.05.2022. O'qildi: 4179 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!