2024 yilning yanvaridan mayigacha Rossiya Federasiyasi va Qirg‘iziston o‘rtasidagi to‘lovlarning 95% dan ortig‘i rublda amalga oshirilgan. Bu haqda Izvestiya gazetasiga Qirg‘iziston Milliy banki xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlatlar AQSh tomonidan sanksiyalarning kuchaytirilishi tufayli dollarda hisob-kitob qilish xavfini minimallashtirish maqsadida milliy valyutalarda hisob-kitobga o‘tgan.