Qirg‘izistondagi tijorat banklari Rossiyadan pul o‘tkazmalari tizimlari va rus rubli bilan operasiyalarni qaytadan boshladi.
Qirg‘izistonning yirik banklaridan biri «RSK-Bank» Astrasend, Yunistream, Contact va Zolotaya Korona pul o‘tkazmalari tizimlari faoliyati tiklangani haqida xabar berdi. Boshqa mahalliy banklar ham rublda pul o‘tkazish operasiyalari qayta boshlanganini tasdiqlaydi.
Bir kun avval Qirg‘iziston Milliy banki respublikaning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlar moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar mamlakat ichki valyuta bozoriga cheklangan ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qilgan edi. Rubl kursi 35% ga kamaydi, ammo keyin deyarli avvalgi qiymatlariga qaytdi.