Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qirg‘iziston rasmiysi Asqar Akayevning murojaatiga o‘z fikrini bildirdi

Qirg‘iziston rasmiysi Asqar Akayevning murojaatiga o‘z fikrini bildirdi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov ijtimoiy tarmoqda Qirg‘iziston Respublikasining sobiq prezidenti Asqar Akayevning “sobiq prezident” maqomini qaytarish haqidagi chaqirig‘i yuzasidan o‘z fikrini bildirdi

“Qonun nuqtai nazaridan Asqar Akayevning Qirg‘iziston Respublikasining sobiq prezidenti unvoniga ega ekanligi shubhasizdir. Agar kimdir uni o‘z maqomidan mahrum qilmoqchi bo‘lsa, unda A.SH.Atambayevga qarshi to‘liq impichment jarayoni o‘tkazilishi kerak. Bu mening shaxsiy fikrim, lekin bugungi kunda jamiyatimiz o‘tgan yillardagi voqealar atrofidagi bahs-munozaralar haqida qayg‘urishga hojat yo‘q. Aksincha, kuch-g‘ayratimizni bugungi kun vazifalariga qaratganimiz ma’qul”, – deb yozadi Edil Baysalov X tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq Qirg‘izistonning sobiq davlat rahbari Asqar Akayev mamlakat parlamentiga sobiq prezident maqomini qaytarishni so‘rab maktub yo‘llagani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 21:30 06.09.2024. O'qildi: 2001 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!