Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputatlari milisiya xodimlarini foto va videosuratga olishni taqiqlovchi qonun loyihasini rad etdi.
Qirg‘iziston “Jinoyat va Huquqbuzarliklar” kodeksiga taklif etilayotgan o‘zgartishlar davlat organlari mansabdor shaxslari, shuningdek, boshqa shaxslarning o‘z kasbiy vazifalarini bajarish chog‘ida suratga olish va videoga olish taqiqlanishini nazarda tutar edi. Bundan tashqari, obro‘sizlantiruvchi fotosurat va videolarni internetga joylashtirganlik uchun 5 ming qirg‘iz somi miqdorida jarima yoki 7 sutkagacha qamoq jazosi taklif qilingan edi.
Deputatlar bunday repressiv qonunga hojat yo‘q, degan xulosaga kelib, ko‘pchilik ovoz bilan uni rad etishdi.