Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘iziston Issiqko‘ldagi 4 ta pansionatni 49 yilga O‘zbekistonga berdi, yana 15 tasiga investor qidirmoqda

A A A
Qirg‘iziston Issiqko‘ldagi 4 ta pansionatni 49 yilga O‘zbekistonga berdi, yana 15 tasiga investor qidirmoqda

Qirg‘iziston Issiqko‘ldagi “Oltin qum”, "Dilorom", "Rahat" va "Buston" pansionatlarini O‘zbekistonga berdi. Cho‘lpon-Otada bo‘lib o‘tgan ikki davlat hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida shunday kelishuvga erishildi. Bu haqda "Sputnik Qirg‘iziston" xabar qilmoqda.

Davlat mulkini boshqarish agentligining aytishicha, hozirda 4 ta ob’ekt ham rentabelsiz, ayrim xonalari esa yaroqsiz holatda. O‘zbekistonlik sarmoyadorlar har bir pansionatga 15-20 million dollar sarmoya kiritishga va’da bermoqda.

"Pansionatlar yerlari ijara asosida beriladi, buning evaziga o‘zbek kompaniyalari ob’ektlarni rekonstruksiya qiladi. Bunday mexanizm umume’tirof etilgan xalqaro amaliyot hisoblanadi. Ishchilarning kamida 80 foizi qirg‘izlar bo‘ladi. ”, dedi agentlik.

Hokimiyat pansionatlarning rekonstruksiya qilinishi viloyat iqtisodiyotiga ko‘p tomonlama samara beradi, deb kutmoqda: yiliga 130 million so‘mdan ortiq soliq, 800 ish o‘rni, mahalliy aholi uchun tadbirkorlik imkoniyatlari.

Qayd etilishicha, ilgari ushbu pansionatlar O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan boshqarilgan bo‘lsa, 2016 yilda Qirg‘iziston ularni o‘z balansida ro‘yxatdan o‘tkazgan.

Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti Issiqko‘ldagi 15 ta davlat pansionatini mahalliy va xorijiy investorlarga 49 yilga ijaraga berish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

"Marhamat, oling. Mehmonxonalar quring va ishlang. Sarmoyangiz tezda o‘zini oqlaydi, degan gapdan yiroqman, lekin ishonchim komilki, 49 yildan keyin o‘zingizga 3-4 barobar ko‘p qaytib keladi. Nega shunday deb so‘ragan fuqarolarga tushuntiraman: Davlat puliga mehmonxona qurish mumkin emas. Mamlakatda pul bor lekin uni uzoq muddatli biznesga sarmoya qilish maqsadga muvofiq emas. Hammasini hisoblab chiqdik shuning uchun qurmaymiz. Investorlarga qo‘yiladigan talab: qurilishni darhol boshlash kerak, sublizing taqiqlangan. Agar pul bo‘lsa, 2 yildan keyin hashamatli mehmonxona qurishingiz mumkin ", - dedi Japarov.

Kiritildi: 10:27 29.08.2023. O'qildi: 1200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!