Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishi mumkin

Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishi mumkin

Joriy yil 2–4 avgust kunlari Qirg‘iziston chegara o‘tkazish punktlarida yuk avtomobillari tirbandligi yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda 2 avgust kuni Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.|

Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston chegara o‘tkazish punktlarida dasturiy texnik ishlar bajarilmoqda. Bunda tranzit tarzida harakatlanadigan yuk mashinalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonlarini yanada tezlashtirishga xizmat qiluvchi yangi axborot tizimlari joriy etilmoqda.“Bu haydovchilarning bojxonadan o‘tish jarayonlarini soddalashtirish bilan bir qatorda bunga sarflanadigan vaqtni ham sezilarli darajada qisqartiradi. Shu munosabat bilan Qirg‘iziston Respublikasining chegara o‘tkazish punktlarida hozirda dasturiy texnik ta’mirlash va profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2025 yil 2-4 avgust kunlari ushbu davlat bilan chegarada joylashgan bojxona postlarida yuk avtotransport vositalarining qisqa muddatli navbatlari yuzaga kelishi mumkin”, deyiladi rasmiy xabarda.

Kiritildi: 22:55 02.08.2025. O'qildi: 1465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!